04.09.2025
O'qish vaqti: 1 daqiqa

Yannik Sinner yarim finalda

Yannik Sinner yarim finalda

Yannik Sinner US Open musobaqasida ishonchli yurishini davom ettirmoqda. Chorak finalda Italiya derbisi uning Lorentso Musettiga qarshi 6:1, 6:4, 6:2 hisobida erishgan ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yin ikki soatdan sal ortiqroq davom etdi va butunlay Italiyaning birinchi raketkasi nazorati ostida o‘tdi.

Sinner birinchi setni 6:1 hisobida yutib, uchrashuvni kuchli boshladi va raqibiga uzoq kurash olib borishiga imkon bermadi. Uning samarali servis va orqa chiziqdan hujumkor o‘yini g‘alabaning asosiy omillari bo‘ldi. Musetti ayrim yorqin o‘yinlarni namoyish etishiga qaramay, vatandoshining o‘yin uslubiga qarshi chora topa olmadi.

Sinner uchun bu ketma-ket ikkinchi US Open yarim finali hisoblanadi. Endi uni boshqa chorak finalda Aleks de Minorni mag‘lub etgan kanadalik Feliks Oje-Alyassimga qarshi bellashuv kutmoqda.