08.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Tuxel Angliyani yangi qurolga tayyorlamoqda — uzoq autlar va uzoq masofali uzatmalar

Tuxel Angliyani yangi qurolga tayyorlamoqda — uzoq autlar va uzoq masofali uzatmalar

Angliya saralash bosqichida ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini Andorra ustidan qozonganidan so‘ng, K guruhida Serbiyadan besh ochko oldinda turibdi. Ishonchli yetakchilikka qaramay, Tuxel jamoa o‘z imkoniyatlarini kengaytirishi kerakligini ta’kidlamoqda.

“Men sizlarga aytgan edim – uzoq uloqtirish qaytmoqda, Vaqtimiz oz, lekin jahon chempionatida har bir mayda detal muhim. Biz nafaqat qisqa paslar, balki darvozabonning uzoq paslari va tashlash kabi standart holatlar ustida ham ishlaymiz” – dedi Tuxel.

Qiziq tomoni shundaki, statistika Tuxel jamoasi Yevro-2024da Garet Sautgeyt davridagi Angliyaga nisbatan kamroq uzoq pas berayotganini ko‘rsatmoqda – atigi 4 foizga qarshi 8,8 foiz. Biroq, nemis mutaxassisi turnirning hal qiluvchi o‘yinlarida “oddiy va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yechimlar” muhim rol o‘ynashi mumkinligiga ishonch bildirmoqda.

Murabbiylar shtabi ixtiyorida yangi tamoyillarni joriy etish uchun jahon chempionati oldidan yana uchta xalqaro tanaffus va bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari bor.

“Biz to‘rt kunlik mashg‘ulotlarga hamma narsani sig‘dira olmaymiz, lekin bu jihatlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Tashlashlar, uzoq paslar, to‘p oshirishlar – bularning barchasi qaytmoqda,” – deya qo‘shimcha qildi Tuxel.

Nemis mutaxassisning shartnomasi AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladigan 2026-yilgi JCH yakuniga qadar mo‘ljallangan. Uning yondashuviga ko‘ra, Angliya turnirda yangi, yanada pragmatik ko‘rinishda, nazorat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchni uyg‘unlashtira oladigan tarzda namoyon bo‘lishi mumkin.