03.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Top klublarning transferlardagi eng katta va kichik sarflari

Top klublarning transferlardagi eng katta va kichik sarflari

2025-yilning yozgi transfer oynasi Angliya Premer-ligasi tarixiga kirdi: “Liverpul” xarajatlar bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan rekordlarni yangiladi. So‘nggi uchta transfer oynasida klub atigi 42 million yevro sarflab, faqat Georgiy Mamardashvili va Federiko Kiezani sotib olgan edi. Biroq bu yozda “qizillar” to‘liq qasosini olishga qaror qildi – olti nafar yangi o‘yinchi klubga 483,68 million yevroga tushdi.

Bu nafaqat “Liverpul“ning mutlaq rekordi, balki butun futbol tarixidagi bir transfer oynasi uchun eng katta xarajat bo‘lib, 2023-yilda 464,1 million yevro sarflagan “Chelsi“ning avvalgi yutuqlarini ortda qoldirdi.

Bundan tashqari, “Liverpul” bir futbolchi uchun transfer narxi bo‘yicha APL rekordini ikki marta yangiladi: avval Florian Virts 125 million yevroga sotib olindi, so‘ngra esa rekordni Aleksandr Isakning transferi yangiladi – 145 million yevro.

Manchester Yunayted” ham sezilarli darajada kuchaydi: so‘nggi o‘n yil ichida birorta murabbiy mavsum boshlanishidan oldin bunday ko‘p sifatli yangi o‘yinchilarni qo‘lga kiritmagandi. Yangi murabbiy Ruben Amorim endi orzusidagi jamoani qurish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

Premer-liga chempionligi uchun navbatdagi kurashga katta maqsadlar bilan tayyorgarlik ko‘rayotgan “Arsenal” ham ortda qolmadi.

Chelsi“, “Barselona“, “Yuventus” va “Bavariya” kabi klublar uchun esa eng “sermazmun” transfer oynalari o‘tmishda qoldi: ularda xarajatlar bo‘yicha rekordlar avvalroq o‘rnatilgan va hozircha yangi yutuqlar kutilmayapti.