16.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Pol Skoulz Manchesterning transfer siyosatini tanqid qildi

Pol Skoulz Manchesterning transfer siyosatini tanqid qildi

Manchester Yunayted” afsonasi Pol Skoulz o‘tgan yozgi transfer mavsumida klub faoliyatini keskin tanqid qildi va jamoa tarkibi Ruben Amorimning falsafasini amalga oshira olishiga shubha bildirdi.

Mavsum boshlanishi “Yunayted” uchun 1992/93 yillardan buyon eng yomoni bo‘ldi – APLning to‘rtta o‘yinida atigi 4 ochko to‘plandi. Yozda 200 million funt sterling hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun sarflandi – Mateus Kunya, Brayan Mbemu va Benyamin Sheshko jamoaga qo‘shildi. Biroq natija kutilgandan past: ligada bor-yo‘g‘i 4 ta gol urildi, shundan ikkitasi raqiblarning o‘z darvozasiga urgan gollari.

Skoulzning fikricha, klub strategik xatoga yo‘l qo‘ygan:

“Menimcha, jamoaning sifati yetarli emas. Murabbiy Kazemiro, Bruno Fernandesh yoki Meynuning qanday kombinatsiyasini sinab ko‘rmasin, natija bermayapti. Yozda markaziy chiziqni kuchaytirish mutlaq ustuvor vazifa edi. Buning o‘rniga uchta hujumchi sotib olindi. Bu zarur edimi? Ishonchim komil emas.”

U, shuningdek, darvozabon o‘rniga Andre Onananing tanlanganiga shubha bildirdi:

“Uning mos emasligini tushunish uchun “Grimsbi” bilan o‘yingacha kutish shartmidi? Agar “Yunayted” Donnarummani ko‘rib chiqmagan bo‘lsa, bu jinoyat hisoblanadi.”

Tanqidlarga qaramay, klub rahbariyati Amorimga ishonishda davom etmoqda va uning loyihasiga uzoq muddatli istiqbol bilan qaramoqda. Ammo natijalar tashvishli: derbida “Manchester Siti“dan mag‘lubiyat (0:3), Liga kubogidan erta chiqib ketish va chempionatdagi bir qator zerikarli o‘yinlar.

Skoulz bu fikrda yolg‘iz emas. Ueyn Runi kuni kecha portugaliyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa “yomonlashgani”ni ta’kidlagan edi. Skoulzning so‘zlariga ko‘ra, taktikani o‘zgartirmasdan turib, “Yunayted“ning muvaffaqiyatga erishish imkoniyati yo‘q:

“U bu uslubda o‘ynashni davom ettira olmaydi. Ertami-kechmi u tushunishi kerak: bu usul samara bermayapti.”

Yaqin haftalarda “Yunayted“ni murakkab jadval kutmoqda: “Chelsi”,Brentford“, “Sanderlend” va “Liverpul” bilan o‘yinlar. Agar vaziyat o‘zgarmasa, Amorimga bo‘lgan bosim bir necha barobar kuchayadi.