12.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Lill – Tuluza: Liga 1 bashorati (14.09.2025)

Lill – Tuluza: Liga 1 bashorati (14.09.2025)

2025-yil 14-sentabr, yakshanba kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan) Fransiya Liga 1’ining 4-turidan o‘rin olgan Lill – Tuluza uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bukmekerlar mezbonlarni favorit sifatida ko‘rsatmoqda.

Lill

Bruno Jenezyo qo‘l ostidagi jamoa mavsumni yaxshi boshladi. Birinchi turda “Brest” bilan 3:3 durang o‘ynashdi, ustunlikni bir necha bor qo‘lga kiritib, ammo saqlab qola olishmadi. Keyin “Monako” ustidan 1:0 hisobida kech gol bilan g‘alaba qozonishdi. Uchinchi turda esa “Loryan”ni 7:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratishdi. Bu natija jamoaning yuqori pog‘ona uchun kurashishga tayyorligini ko‘rsatdi. Hozirda ular kuchli uchlikdan joy olgan va Yevropa yo‘llanmasini aniq maqsad qilgan.

Tuluza

“Tuluza” ham mavsum startini yaxshi boshladi. Birinchi turda safarda “Nis” ustidan 1:0, keyin uyda “Brest”ni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. Himoyada ishonchli o‘yin namoyish qilishdi. Ammo uchinchi turda amaldagi chempion “PSJ”ga qarshi 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Natija yomon bo‘lsa-da, jamoa ochiq futbol ko‘rsatgani uchun maqtovga sazovor bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat ko‘proq kuchlar nomutanosibligini ko‘rsatdi, xolos.

Statistika va o‘zaro uchrashuvlar

So‘nggi 6 o‘yinda “Lill” aniq ustunlikka ega: 4 g‘alaba, “Tuluza” 1 g‘alaba, yana 1 o‘yin durang.

Optimal stavka

“Lill”ning uyda ko‘rsatgan so‘nggi o‘yinlari, ayniqsa 7:1 hisobidagi g‘alabasi, jamoaga katta ishonch berdi. “Tuluza” yaxshi start qilgan bo‘lsa-da, tarkib kuchi va uy omili mezbonlar foydasiga.

Optimal stavka — Lill g‘alabasi, koeffitsiyent 1.88.