08.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Dembele Barselonada o’ynagan davri haqida fikr bildirdi

Dembele Barselonada o’ynagan davri haqida fikr bildirdi

Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon DembeleBarselona“dagi olti yillik faoliyati haqida samimiy gapirdi va bu davrni o‘z karyerasidagi eng muhim bosqich deb bilishini ta’kidladi. FourFourTwo nashriga bergan intervyusida 28 yoshli futbolchi, ketma-ket jarohatlarga qaramay, aynan Kataloniyada o‘zi futbolchi va shaxs sifatida o‘sganini e’tirof etdi.

Dembele 2017-yilda Neymar PSJga o‘tganidan so‘ng “Barselona“ga kelgan. Transfer summasi 148 million yevroni tashkil etgan va o‘shanda ko‘pchilik Dortmundning “Borussiya“sida atigi bir mavsum o‘ynagan futbolchi uchun bu narx haddan tashqari yuqori ekanligini ta’kidlagan edi. Biroq, hujumchi darhol jiddiy sinovga duch keldi – shartnoma imzolanganidan bir necha hafta o‘tgach, u jarohatlanib, to‘rt oyga safdan chiqdi.

“Yigirma yoshimda o‘zim yonida bo‘lishni orzu qilgan yulduzlar o‘ynaydigan “Barselona”ning kiyinish xonasiga kirishim hayratlanarli edi. Dastlabki uch-to‘rt yil jarohatlar tufayli omadim kelmadi, doim moslashishga to‘g‘ri keldi. Ammo qiyinchiliklarga qaramay, men orzuimdagi klubda edim,” – deya ta’kidladi Dembele.

Fransiyalik hujumchining aytishicha, aynan jarohatlar ketma-ketligi uni kasbiga bo‘lgan yondashuvini o‘zgartirishga majbur qilgan: u ovqatlanish, dam olish va jismoniy mashqlarga jiddiyroq e’tibor bera boshlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan o‘shanda u yuqori darajadagi futbol nafaqat iste’dodni, balki o‘z ustida qattiq ishlashni ham talab qilishini anglagan.

So‘nggi yillarda “Barselona“da Dembele Xavi Ernandes uchun asosiy o‘yinchiga aylandi va klubga 2023-yilda La Liga chempionligini qo‘lga kiritishga yordam berdi. “Barselonada sodir bo‘lgan barcha narsalardan mamnunman, chunki u yerda ham maydonda, ham undan tashqarida o‘sganman. Hozirgacha aloqada bo‘lgan do‘stlar orttirdim. Men uchun bu o‘rganish davri bo‘ldi,” – deya qo‘shimcha qildi u.

Taqdirning hazilini qarangki, intervyu e’lon qilingan kuni Dembele yana bir mushak jarohati oldi, bu esa uni taxminan olti hafta safdan chiqaradi. Bu unga 1-oktyabr kuni PSJ tarkibida “Kamp Nou“ga qaytish imkonini bermaydi, bu esa vaziyatga alohida ramziy ma’no beradi.