12.09.2025
O'qish vaqti: 1 daqiqa

Byornli – Liverpul: jonli efirni tomosha qiling (14.09.2025)

Byornli – Liverpul: jonli efirni tomosha qiling (14.09.2025)

2025-yil 14-sentyabr, yakshanba kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti) da Angliya Premyer-Ligasining 4-tur uchrashuvi Turf Moor stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Byornli kuchli raqib Liverpulni qabul qiladi.

Arne Slot boshchiligidagi Liverpul uch turdan so‘ng 9 ochko to‘plab, turnir jadvalining yuqori pog‘onasida bormoqda. Jamoa samarali o‘yin ko‘rsatib, katta bellashuvlarning taqdirini oxirgi daqiqalarda hal qilib kelyapti. Arsenalga qarshi 83-daqiqada Dominik Soboslai kiritgan gol g‘alaba keltirgan bo‘lsa, oldingi turlarda ular Bornmutni yirik hisobda yengdi va safarda Nyukasl ustidan g‘alaba qozondi.

Byornli esa hozircha 14-o‘rinda. Ularning yagona g‘alabasi 2-turda Sanderlend ustidan safarda qo‘lga kiritildi. Biroq qolgan o‘yinlarda Manchester Yunayted va Tottenxemga imkoniyatni boy berib, Spursdan 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. Endi esa chempionlikka da’vogar Liverpulga qarshi maydonga tushadigan Skott Parker jamoasi underdog maqomida.

Qayerdan tomosha qilish mumkin?

O‘zbekiston

APL o‘yinlari O‘zbekiston telekanallarida muntazam namoyish etilmaydi. Byornli – Liverpul uchrashuvini futbol muxlislari Setanta Sports platformasi orqali onlayn tomosha qilishlari mumkin.