12.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Brentford – Chelsi: APL bashorati (14.09.2025)

Brentford – Chelsi: APL bashorati (14.09.2025)

2025-yil 14-sentabr, yakshanba kuni soat 00:00 (Toshkent vaqti bilan) APL 4-turidan o‘rin olgan G‘arbiy London derbisi — Brentford – Chelsi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bukmekerlar bu safar mehmonlarni favorit sifatida ko‘rmoqda. Keling, jamoalarning holatini ko‘rib chiqamiz va bashorat qilamiz.

Brentford

“Bilas” yozgi transfer bozorida faol harakat qildi. Eng katta yo‘qotish — Bryan Mbeumoning €75 mln evaziga “Manchester Yunayted”ga ketishi va Yoane Vissaning transfer oynasi so‘nggi kunida qariyb €58 mln ga “Nyukasl”ga o‘tishi bo‘ldi. Muhim futbolchilar ketganiga qaramay, yangi nomlar ham kelib qo‘shildi, jumladan “Bornmut”dan Dango Ouattara. Murabbiy Kit Endryus unga ikki tomonlama vazifa yukladi: nafaqat hujum, balki himoyaga ham yordam berish.

Mavsum starti barqaror emas. Birinchi turda “Nottingem”ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Keyin “Aston Villa”ni 1:0 hisobida yengib, hisobni to‘ldirishdi — g‘alaba golini Ouattara urdi. Liga Kubogida “Bornmut” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi, ammo 3-turda “Sanderlend”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Potensial bor, ammo asosiy muammo – barqarorlik.

Chelsi

“Ko‘klar” ijobiy kayfiyatda. Ikki xalqaro sovrinni qo‘lga kiritgach, o‘tgan mavsumga qaraganda ancha ishonchli ko‘rinmoqda. Birinchi turda “Kristal Pelas” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, ammo keyin ketma-ket ikkita yirik g‘alaba qo‘lga kiritishdi: “Vest Xem” ustidan 5:1 va “Fulhem” ustidan 2:0.

Transfer bozorida ham eng faol klublardan bo‘ldi. Bir nechta futbolchi sotilgan bo‘lsa-da, asosiy tarkib asosan saqlab qolindi. Eng katta yo‘qotishlar — Kristofer Nkunku va Noni Madueke. Ammo yangi kelgan Estevao, Alejandro Garnacho, Jorrel Hato, Jeymi Bayno-Gittens va Joao Pedro jamoani raqobatbardosh qildi.

Statistika va o‘zaro uchrashuvlar

So‘nggi 5 o‘yinda ustunlik biroz “Brentford” tomonida: 2 g‘alaba, “Chelsi” 1 marta yutgan, yana 2 o‘yin durang bilan tugagan.

Optimal stavka

Bu safargi uchrashuvda asosiy omil — barqarorlik. Tarkib chuqurligi va mavsumni yirik g‘alabalar bilan boshlagani sababli Optimal stavka — Chelsi g‘alabasi, koeffitsiyent 1.79.