09.09.2025
O'qish vaqti: 1 daqiqa

Basketbol bo’yicha Gruziya terma jamoasi tarixiy g’alaba uchun 1 million dollar oladi

Basketbol bo’yicha Gruziya terma jamoasi tarixiy g’alaba uchun 1 million dollar oladi

Gruziya hukumati o‘z tarixida birinchi marta Yevropa chempionati-2025 chorak finaliga yetib kelgan milliy basketbol terma jamoasiga keng ko‘lamli mukofot e’lon qildi. Jamoa 1/8 finalda Fransiya ustidan g‘alaba qozongani uchun 3 million lari (taxminan 1,1 million dollar) oladi va Yevrobasketdagi har bir keyingi g‘alaba uchun yana shuncha miqdorda mablag‘ ajratiladi.

Bu qaror haqida bosh vazir Irakliy Kobaxidze xabar berib, bu tarixiy natijaning e’tirofi ekanini ta’kidladi:

“Biz allaqachon erishilgan muvaffaqiyat uchun 3 million lari ajratishni, Yevrobasketdagi har bir keyingi g‘alaba uchun ham yana 3 million lari berishni mo‘ljallamoqdamiz.”

Fransiya bilan o‘tkazilgan uchrashuv 80:70 hisobida yakunlanib, turnirning haqiqiy sensatsiyasiga aylandi. Gruziyalik basketbolchilar ishonchli o‘yin namoyish etib, Yevropaning eng kuchli sakkizta jamoasi safidan joy olishdi.

Chorak finalda Gruziyaga Finlyandiya terma jamoasi raqiblik qiladi. O‘yin 10 sentyabr kuni Rigada bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichning qolgan juftliklari: LitvaGretsiya, TurkiyaPolsha va SloveniyaGermaniya.

Basketbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Yevropa chempionati-2025 27 avgustda boshlandi va 14 sentyabrda yakunlanadi. Guruh bosqichiga bir vaqtning o‘zida to‘rtta davlat – Kipr, Latviya, Polsha va b mezbonlik qildi, hal qiluvchi o‘yinlar esa Latviya poytaxtida o‘tkazilmoqda.