10.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Barselona Kenan Yildizni o’z safiga qo’shib olmoqchi

Barselona Kenan Yildizni o’z safiga qo’shib olmoqchi

Kenan Yildizning nomi transfer bozorida tobora ko‘proq tilga olinmoqda. “Yuventus“ning 20 yoshli hujumchisi nafaqat turinliklar tarkibida o‘z o‘rnini mustahkamlab olishga, balki Turkiya terma jamoasining asosiy figurasiga aylanishga ham ulgurdi, bu yerda uning ahamiyati shiddat bilan ortib bormoqda.

Uning iste’dodi, yorqin individualligi va epizodlarni yakka tartibda hal qilish mahorati Yildizni Yevropaning eng istiqbolli yosh futbolchilaridan biriga aylantirdi. Unga yetakchi klublar, jumladan, “Barselona“ning qiziqish bildirishi tabiiy, klub prezidenti Joan Laporta turkiyalik futbolchining transferini kelajak uchun strategik qadam deb baholamoqda. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hansi Flik ham Yildizning o‘yin uslubi o‘zining taktik tizimiga juda mos kelishini ta’kidlamoqda.

Biroq “Yuventus” o‘z pozitsiyasida qat’iy turibdi: futbolchi 80 million yevrodan kam summaga klubni tark etmaydi. Turinliklar Yildizni A Seriya va Chempionlar Ligasidagi kelajak loyihalarining asosi sifatida ko‘rmoqda. “Qora-oqlar” muxlislari allaqachon yosh yulduzni klubning yangi davrida potensial yetakchisi sifatida qabul qilishga ulgurgan.

Barselona“ning moliyaviy qiyinchiliklari ehtimoliy kelishuvni murakkablashtirmoqda va kataloniyaliklar uni amalga oshirish uchun ijodiy yechimlarni izlashga majbur bo‘lmoqda. Shu bilan birga, futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir nechta klubi ham qiziqish bildirmoqda, bu esa kelgusi transfer oynasini Yildiz uchun haqiqiy kurashga aylantirishini va’da qilmoqda.

Futbolchining o‘zi uchun “Barselona“ga o‘tish ulkan qadam bo‘lardi, ammo u hozircha “Yuventus“dagi mavjud vazifasiga e’tiborini qaratmoqda. Uning kelajagi hozirdanoq yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer mavsumining eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzularidan biri sifatida tilga olinmoqda.