12.09.2025
O'qish vaqti: 1 daqiqa

Arsenal – Nottingem: jonli efirni tomosha qiling (13.09.2025)

Arsenal – Nottingem: jonli efirni tomosha qiling (13.09.2025)

Shimoliy Londonda shanba kuni yana futbol ruhi hukmron bo‘ladi. 2025-yil 13-sentyabr kuni Emirates stadioni Premyer-Liganing 4-tur uchrashuvi oldidan yana to‘lib-toshadi. Soat 16:30 (Toshkent vaqti) da Arsenal Nottingem Forestdan ochkolar uchun bahs olib boradi.

Arsenal uch turdan so‘ng Manchester Yunayted va Lids ustidan g‘alaba qozonib, faqat Liverpulga yutqazdi va kuchli uchlikka kirib oldi. Nottingem Forest esa bir g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat bilan o‘nchi pog‘onada bormoqda. Endi ikki jamoa o‘zaro bahsda kuch sinashadi.

Mikel Arteta qanotlardagi imkoniyatlarni yanada boyitishga harakat qilsa, Nunu Santu o‘rta chiziqda eng yaxshi kombinatsiyani topishga urinadi. Bu o‘yin muxlislar uchun qiziqarli tomosha bo‘lishi shubhasiz.

Qayerdan tomosha qilish mumkin?

O‘zbekiston

APL o‘yinlari O‘zbekiston telekanallarida translyatsiya qilinmaydi. Futbol muxlislari Arsenal – Nottingem uchrashuvini Setanta Sports platformasi orqali onlayn tomosha qilishlari mumkin.