04.09.2025
O'qish vaqti: 1 daqiqa

Amanda Anisimova Uimbldon uchun alamini oldi

Amanda Anisimova Uimbldon uchun alamini oldi

Amerikalik tennischi Amanda Anisimova AQSH ochiq chempionatining chorak finalida sensatsion tarzda turnirning ikkinchi raqamli raketkasi Iga Shvyontekni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alaba uning faoliyatidagi muhim burilish nuqtasi bo‘ldi.

Yozda Anisimova Uimbldon finalida Shvyontekka imkoniyatsiz – 0:6, 0:6 hisobida yutqazib, og‘ir mag‘lubiyatga uchragan edi. Endi esa o‘z vatanidagi turnirda u dastlabki breykka qaramay, o‘yinni ishonch bilan o‘z foydasiga o‘zgartirib, raqibidan qasos oldi.

Anisimova o‘ziga ishonch va dadillikni namoyish etib, yetuk tennischi ekanligini ko‘rsatdi – aniq zarbalar, hujumkor o‘yin va hal qiluvchi daqiqalarda matonat bilan harakat qildi. O‘yindan so‘ng uning his-tuyg‘ulari jo‘sh urdi: u g‘alabani “ro‘yobga chiqqan orzu” deb atadi va o‘tmishni ortda qoldirish uchun qanchalik ko‘p mehnat qilganini ta’kidladi.

Bu uning kattalar karerasidagi birinchi AQSH ochiq chempionati yarim finali. U yerda uni Naomi Osaka va Karolina Muxova juftligi g‘olibiga qarshi o‘yin kutmoqda. Agar Anisimova yarim finaldan o‘tsa, u bu yil turnirda g‘olib bo‘lgan uchinchi amerikalik ayol tennischiga aylanadi – Medison Kiz va Koko Gofdan keyin.