15.09.2025
O'qish vaqti: 2 daqiqa

Endi Arne Time erasi boshlanmoqda

Endi Arne Time erasi boshlanmoqda

Ilgari Aleks Fergyuson davrida “Fergie Time” deb atalgan narsa endi Angliyada “Arne Time” nomini oldi. Arne Slot jamoasi Premer-ligada so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar tufayli ketma-ket to‘rtinchi g‘alabani qo‘lga kiritib, so‘nggi soniyagacha natijaga erisha olish qobiliyatini tasdiqladi.

Bu safar “Liverpul” “Byornli” mehmoni sifatida g‘alabani saqlab qoldi. Mezbonlar 84-daqiqada Lesli Ugoshukvu maydondan chetlatilganidan keyin ham o‘yin oxirigacha bardosh berishdi. Biroq qo‘shimcha vaqtda hal qiluvchi epizod yuz berdi: Frimpongning uzatmasidan so‘ng to‘p Gannibalning qo‘liga tegdi, Muhammad Saloh esa 95-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi. Natija – 1:0 va ketma-ket to‘rtinchi g‘alaba.

E’tiborlisi, chempionlar barcha to‘rt o‘yinda so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozonishdi: “Bornmut” bilan 88 va 94-daqiqalarda, “Nyukasl” bilan 100-daqiqada, “Arsenal” bilan o‘yin tugashiga yetti daqiqa qolganida, endi esa “Byornli” bilan qo‘shimcha vaqtda. Bu o‘ziga xos yutuq: “Liverpul” Premer-liga tarixida so‘nggi 10 daqiqada urilgan gollar evaziga ketma-ket 4 o‘yinda g‘alaba qozongan ilk jamoaga aylandi.

O‘yindan so‘ng Slot omad o‘z rolini o‘ynaganini tan oldi:

“Byornli juda yaxshi himoyalandi. Oxirigacha kutdik va imkoniyatni qo‘lga kiritdik. Sehr yetishmasdi, ammo omad bizning tomonimizda edi.”

Natijadan tashqari, jamoa chempionatda ketma-ket 38 ta o‘yinda gol urib, yana bir klub rekordini o‘rnatdi. “Liverpul” keyingi turda “Enfild“da “Everton“ga qarshi o‘ynab, “Tottenhem” rekordiga (39) tenglashishi mumkin, mutlaq ko‘rsatkich esa “Arsenal“ga (55) tegishli.

Liverpul” hozircha o‘zining eng yaxshi formasidan uzoq bo‘lsa-da, xarakteri va raqiblarni oxirigacha siquvga olish qobiliyati raqobatchilarni tashvishga solmoqda. Yangi hujumchi Aleksandr Isak hali Premyer-ligada debyut qilmaganini hisobga olsak, Slot jamoasining kuchi yanada xavfliroq bo‘lishi mumkin.